13 fev 09:27
Yangiliklar
Tennis

Bugun Humoyun va Sergey Aktobeda kortga chiqadi
Qozog'istonning Aktobe shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir davom etmoqda.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik tennischilar ham ishtirok etishmoqda. Bugun turnirning yakkalik bahslari doirasida ikki tennischimiz ilk davra uchrashuvida kortga chiqadi. Turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan Humoyun Sultonov rossiyalik Anton CHexov bilan to'qnash keladi.
Sergey Fomin esa turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan rossiyalik tennischi Konstantin Kravchukka qarshi bahs olib boradi. Kecha uchinchi vakilimiz Sanjar Fayziev qozog'istonlik Grigoriy Lomakindan 6:4, 6:4 hisobida ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar