20 iyu 09:20
Yangiliklar
![](/upload/storage/359_220.jpg)
Bugun Istomin Nottingemda chempionlik himoyasiga kirishadi
Hamyurtimiz o'tgan yili Aegon Open Nottingham turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi. Demak, u o'z unvonini himoya qilish uchun bahslarga kirishadi. Qura natijasiga ko'ra, Istomin ilk davrada Bosniya va Gercegoviniya vakili Damir Jumxurga qarshi kortga chiqadi.
Agar Denis Jumxurni mag'lub eta olsa, ikkinchi davrada Vasek Pospishil bilan to'qnash keladi. Kanadalik bu tennischi turnirda 11-raqam ostida tasniflangan bo'lib, o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshlaydi.
Nottingem turnirining mukofot jamg'armasi 704,805 ming evroni tashkil qiladi. G'olib tennischi 86,850 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi 49,430 evro hamda 150 reyting ochkosini o'z hisobiga yozib qo'yadi. Birinchi davrada ishtirok etgan barcha tennischilar esa 3,620 evroga ega bo'lishadi.
Fikrlar