12 iyu 07:55
Yangiliklar
Bugun Istomin Ricoh Open turniridagi ishtirokini boshlaydi
Gollandiyaning Xertegenbosh shahrida o'tkazilayotgan ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 660 ming 375 evroni tashkil qiladi. Bugun hamyurtimiz asosiy to'rning birinchi bosqichida britaniyalik Alyaj Bedenega qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Bedene turnirning 8-raqamli tennischisi sifatida etirof etilgan. Alyaj bugun elon qilingan dunyo reytingida 59, Denis esa 74-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar o'zaro uch bor to'qnash kelish. Ularning ikkitasi Istomin, birida Bedene g'alaba qozongan.
Ilk davrada ishtirok etgan tennischilarning barchasi natijadan qatiy nazar 5 960 evroga ega bo'ladi. Turnir g'olibi esa 105,045 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini qo'lga kiritadi.
Fikrlar