15 may 07:02
Yangiliklar
Tennis
Istomin faoliyatini yakunlamabdi. U Kutaisi turniri 1/2 finalida!
Mamlakatimizning sobiq birinchi raketkasi, o'zbek tennisi tarixida yorqin iz qoldira olgan Denis Istomin professional faoliyatini hali yakunlamagan.
Hamyurtimiz Gruziyaning Kutaisi shahrida o'tkazilayotgan M25 toifasiga kiruvchi turnirning juftliklar bahslarida ishtirok etyapti. Istomin yana bir tennischimiz Maksim SHin bilan juftlikda 1/2 final ishtirokchisiga aylandi.
Istomin/SHin tandemi 71 daqiqa davom etgan 1/4 final uchrashuvida turnirning to'rtinchi raqamli juftligi - ispaniyaliklar Jon Echeverriya va De Felipe Garsiya hamkorligini 6/2, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bugun ular final chiptasi uchun kiprlik Neos Elefterios hamda rossiyalik Semen Pankin juftligiga qarshi kortga chiqadilar. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar