01 iyu 08:00
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin "Rolan Garros"da ikkita o'yin o'tkazadi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bugun "Rolan Garros" turnirining ikkinchi bosqichida kortga chiqadi.
Birinchi bo'lib u yakkalik bahsida Janubiy Koreya vakili, dunyoning 67-raqamli tennischisi Xyon CHangga qarshi kortga chiqadi. Ushbu o'yin taxminan 16:00dan so'ng boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Ushbu o'yin yakunlanganidan so'ng esa u juftliklar bahsida filippinlik Tret Xyuri bilan birgalikda Bopanna/Kuevas juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar