01 iyu 12:43
Yangiliklar
Tennis
Nikita Belozercev bugun o'smirlar "Rolan Garros"idagi ikkinchi o'yinini o'tkazadi
O'zbekiston tennisining yosh vakillaridan biri - Nikita Belozercev o'smirlar o'rtasidagi nufuzli "Rolan Garros" turnirida ishtirok etadi.
Franciya poytaxti Parij shahrida o'tadigan mavsumning ikkinchi «Katta dubulg'a» musobaqasida o'zbekistonlik tennischi dunyoning eng kuchli yosh raketkachilari qatorida kortga chiqadi. Hamyurtimizga ilk davrada turkiyalik Kay Tompson raqiblik qilgandi. Ushbu bosqichda Nikita 2:1 (4/6, 7/6, 6/0) hisobida g'olib bo'lgandi.
Bugun esa yurtdoshimiz ikkinchi davrada franciyalik Yannik Teodor bilan bahs olib boradi.
Ayni paytda Belozercev ITF o'smirlar reytingida yuqori o'rinlardan birini egallab turibdi. Malumot uchun, 17 yoshli tennischimiz o'tgan yili ham "Rolan Garros"ning o'smirlar turnirida ishtirok etgandi.
Teodorga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanishi belgilangan.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar