07 iyu 06:00
Yangiliklar

Bugun Istomin SHtutgartda SHtepanekka qarshi kortga chiqadi
Hamyurtimiz birinchi davrada chexiyalik Radek SHtepanekka qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 64, 37 yoshli Radek esa 31-o'rinni egallab turibdi. Agar Istomin SHtepanekning to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tib olsa, ikkinchi bosqichda Marin CHilich bilan to'qnash keladi. Turnirda xorvatiyalik tennischi ikkinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlaydi.
SHtutgart turnirining mukofot jamg'armasi 675 ming 645 evroni tashkil qiladi. G'olib tennischi o'z hisobiga 107,900 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini yozib qo'yadi. Birinchi davrada kortga chiqqan barcha tennischilar natijadan qatiy nazar 6120 evroga ega bo'lishadi.
Fikrlar