28 dek 09:22
Yangiliklar
Bugun Jahon chempionatida rapid bahslari yakunlanadi. Hamyurtlarimizning 10-turdagi raqiblari bilan tanishing
Kun doirasida rapid yo'nalishidagi hal qiluvchi, 10-13-turlar tashkil etiladi.
9 ta tur yakuniga ko'ra, norvegiyalik amaldagi Jahon chempioni Magnus Karlsen 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. SHuningdek, sloveniyalik Vladimir Fedoseev hamda Xitoy vakili YU Yang Yida ham 7 ochko mavjud.
Karlsen 10-tur doirasida aynan Fedoseev bilan bahs olib boradi. YU Yang Yiga esa bu raundda Franciya vakili Maksim Vashe-Lagrav raqiblik qiladi.
O'zbekistonlik sportchilar orasidagi eng yaxshi natija Jahongir Vohidov va Nodirbek Abdusattorovga tegishli bo'lib turibdi. Ular 9 turdan so'ng 6 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 27 va 29-o'rinlarini band etib turishibdi.
Bugun Vohidov kunni Niderlandiya vakili Van Forest Jordenga qarshi o'yin bilan boshlasa, Abdusattorov ilk o'yinini Maksim CHigaevga qarshi o'tkazadi. Bellashuvlar soat 15:00 da start oladi.
Rapid yo'nalishi. 10-tur. O'zbekistonlik shaxmatchilarning raqiblari:
Fikrlar