10 dek 12:20
Yangiliklar
SHaxmat
Bugun Javohir Sindarov Keyptaunda final yo'llanmasi uchun Magnus Karlsenga qarshi o'ynaydi
Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida jahon shaxmat yulduzlari ishtirokida Freestyle Chess Grand Slam Finals turniri bo'lib o'tmoqda.
Umumiy mukofot jamg'armasi 750 000 dollarni tashkil etuvchi yakuniy Freestyle Chess Champion 2025 turniri bosh sovrini uchun sayyoramizning sakkiz nafar grossmeysteri bahs olib boryapti.
Hamyurtimiz Javohir Sindarov ushbu musobaqa chorak finalida eronlik Parham Maqsudulni mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l olgani haqida xabar bergandik.
Bugun grossmeysterimiz yarim finalda norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar