So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

26 may 12:59
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Javohir Sindarov Tepe Sigeman 2025 chempioni bo'lishi mumkin + FOTO

SHveciyaning Malmyo shahrida shaxmat bo'yicha ko'zga ko'ringan grossmeysterlar ishtirokidagi nufuzli turnir davom etmoqda.

Aylana tizimda o'tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti. Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisidan tashqari yana etti nafar grossmeyster sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqda.  

Kecha turnirda 6-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Sindarov oq donalarda shveciyalik grossmeyster Nils Grandelius bilan durang o'ynadi. SHunga qaramay, shaxmatchimiz 4 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Turkiyalik Yagiz Erdogmus 3,5 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan. To'rt nafar ishtirokchi hisobida 3 tadan ochko bor. 

6-tur natijalari:

Javohir Sindarov (O'zbekiston) – Nils Grandelius (SHveciya) 1/2-1/2

Tan CHjuni (Xitoy) – Ervin L`Ami (Niderlandiya) 1/2-1/2

Yagiz Erdogmus (Turkiya) – Rey Robson (AQSH) 1/2-1/2

Richard Rapport (Vengriya) – Vasiliy Ivanchuk (Ukraina) 1-0 

Bugun so'nggi turda Javohir Sindarov ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi qora donalarda o'ynaydi. Ushbu bahs turnirda kim chempion bo'lishini aniqlab beradi. Agar Javohir g'alaba qozonsa, boshqa uchrashuvlar natijasidan qati nazar, chempion bo'ladi. Durang natija ham unga tay-brek orqali chempionlik uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini beradi.

7-tur juftliklari:

Vasiliy Ivanchuk (Ukraina) – Javohir Sindarov (O'zbekiston) 

Rey Robson (AQSH) – Richard Rapport (Vengriya)

Ervin L`Ami (Niderlandiya) – Yagiz Erdogmus (Turkiya) 

Nils Grandelius (SHveciya) – Tan CHjuni (Xitoy) 


Bugungi o'yinlar bizning vaqt bilan soat 15:00'da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing