19 dek 08:45
Yangiliklar
Tennis

Bugun Jo'rabek Doha turniri yakkaligida kortga chiqadi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
6th Qatar ITF Futures 2017 musobaqasida hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham ishtirok etyapti. Juftlikda chorak finalga chiqqan istedodli tennischimiz bugun yakkalikdagi ishtirokini boshlaydi.
Jo'rabekning ilk davradagi raqibi turnirning to'rtinchi
raketkasi franciyalik Maksim Xamou bo'ladi. Bu bahs kunning ikkinchi yarmida
o'tkaziladi. Karimov juftlikda hindistonlik Arjun Kadxe bilan uchinchi raqamli
juftlikni hosil qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar