30 avg 10:27
Yangiliklar
Tennis

Bugun Jo'rabek Serbiyadagi ishtirokini boshlaydi
Serbiyaning Zlatibor shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada birgina
hamyurtimiz Jo'rabek Karimov o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Bugun istedodli
tennischimiz ilk davrada shveycariyalik Maksimilyan Gatevga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Jo'rabek Karimov Avstraliya Ochiq
chempionatining o'smirlar musobaqasida vice-chempion bo'lgan yagona hamyurtimiz
hisoblanadi. Jo'rabek Zlatibordagi turnirning juftliklar bahsida ham ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar