So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

14 iyu 13:26
Yangiliklar

Engil atletika

Bugun Londonda boshlanadigan turnirda Rio-2016 g'oliblari ham ishtirok etadilar

Teglar :  Paralimpiya
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida bugun para-atletika bo'yicha jahon chempionati boshlanadi.

23 iyulga qadar davom etadigan mazkur nufuzli musobaqada 1300ga yaqin sportchilar 213ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradilar. Ular orasida O'zbekiston paralimpiya terma jamoasining etti nafar azolari ham vatanimiz sharafini ximoya qiladilar. 

Erkaklar o'rtasida engil atletikaning disk va yadro uloqtirish turlari bo'yicha kechadigan bellashuvlarda Rio-2016 Paralimpiya o'yinlari chempioni va rekordchisi Xusniddin Norbekov, nayza uloqtirish bo'yicha Rio-2016 Paralimpiya o'yinlari xamda Boku-2017 “Islom birdamlik o'yinlari” rekordchisi va oltin medallari sohibi Aleksandr Svechnikov, 100 va 200 metrga yugurish bo'yicha Rio-2016 Paralimpiya o'yinlari bronza medali sohibi Mansur Abdurashidov, 400 va 1500 metrga yugurish bo'yicha Incheon-2014 Paraosiyo o'yinlarida 2 ta oltin medal egasi Marufjon Murodullaev hamda uzunlikka sakrash bo'yicha Rio-2016 Paralimpiya o'yinlari bronza medali va Boku-2017 “Islom birdamlik o'yinlari” oltin medallari sohibi Doniyor Solievlar tumanli albiondagi jahon chempionatida ham o'z omadlarini sinab ko'rishadi. 

Ayollar o'rtasida kechadigan bellashuvda esa hamyurtlarimizdan yadro uloqtirish bo'yicha Rio-2016 Paralimpiya o'yinlari kumush medali sohibasi Sofiya Burxanova hamda nayza uloqtirish bo'yicha Rio-2016 Paralimpiya o'yinlari rekordchisi va oltin medal sohibasi Nozimaxon Qayumova yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

Bugun, jahon chempionatining birinchi kunida hamyurtlarimizdan birinchi bo'lib Mansur Abdurashidov musobaqadagi ishtirokini boshlaydi. U 100 metrga yugurish bo'yicha saralash bosqichida startga chiqadi. Ertaga, 15 iyun sanasida esa bir yo'la uch nafar yurtdoshimiz o'z omadlarini sinab ko'rishadi. Xusniddin Norbekov disk uloqtirish, Marufjon Murodullaev 1500 metrga hamda Mansur Abdurashidov 100 metrga yugurish bo'yicha final bahslarida medallar uchun kurash olib borishadi. 

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Britaniyadagi jahon chempionatida ishtirok etadigan mamlakatimiz paralimpiyachilariga omad va muvaffaqiyatlar tilab, ularning musobaqadan medallar shodasi va yorug' yuz bilan qaytishlariga umid qilib qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing