So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

04 avg 15:53
Yangiliklar

Paralimpiya

Toshkent IBSA World Games 2027 kompleks musobaqasiga mezbonlik qiladi

Teglar :  ParalimpiyaIBSA
Bu haqda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi xabar berdi.

"Xalqaro ko'zi ojizlar sporti federaciyasi — IBSA World Games 2027 musobaqasi 2027 yilning 26 may — 6 iyun kunlari oralig'ida poytaxtimiz Toshkent shahrida o'tkazilishini mamnuniyat bilan elon qilamiz!

IBSA World Games — ko'zi ojiz va ko'rish qobiliyati cheklangan sportchilar uchun tashkil etiladigan dunyodagi eng yirik xalqaro sport musobaqasi. Har to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan mazkur o'yinlar sportdagi yuksak mahoratni namoyon etish bilan birga, sportning ko'rish imkoniyati cheklangan insonlar uchun inklyuziya va imkoniyatlar tengligidagi muhim o'rnini yana bir bor namoyish etadi.

Toshkent shahri butun dunyo ko'zi ojizlar sporti hamjamiyatining markaziga aylanadi. Bu erda sportchilar, murabbiylar, texnik rasmiylar, klassifikatorlar, ko'ngillilar hamda IBSA oilasi azolari sport va xalqaro hamkorlikning unutilmas bayramini birgalikda nishonlash uchun jam bo'lishadi. Musobaqa dasturi, texnik reglamentlar hamda asosiy tashkiliy muddatlarga oid qo'shimcha malumotlar tayyorgarlik jarayoni davomida IBSA va O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasining rasmiy axborot sahifalari orqali elon qilib boriladi", deyiladi tashkilot xabarida.

Poytaxtimiz, shuningdek, kelasi yili Los-Anjeles-2028 yozgi Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi para engil atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatini ham qabul qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing