30 okt 07:43
Yangiliklar
Bugun Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karlsen partiyasi bo'lib o'tadi
Mukofot jamg'armasi 400 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirda yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Guruhda eng ko'p ochko bilan 1/2 finalga yo'l olgan Nodirbek V kvartetida ikkinchi o'rinni egallagan amerikalik Xikaru Nakamuraga yutqazib qo'ygandi.
Ikkinchi yarim final juftligida esa amaldagi jahon toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsen kutilmaganda turnirda FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bugun Nakamura va Nepomnyashiy Fischer Random yo'nalishi bo'yicha jahon chempionligi uchun dona suradi. Abdusattorov va Karlsen esa o'zaro uchrashuvda 3-o'rin sohibini aniqlab berishadi. Turnir g'olibi 150 000, 2-o'rin egasi 85 000, 3-o'rin sohibi 55 000, 4-o'rin bilan kifoyalangan shaxmatchi 40 000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Fikrlar