29 okt 09:49
Yangiliklar
Bugun Nodirbek Abdusattorov Reykyavikda final uchun o'ynaydi
Mukofot jamg'armasi 400 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirda yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli dona suryapti. Hambrtimiz guruh bosqichini eng ko'p ochko bilan yakunlab, o'z guruhi g'olibi sifatida yarim finalga yo'l olgandi.
Bugun bir kunlik tanaffusdan so'ng 1/2 final uchrashuvlari o'tkaziladi. Abdusattorov A guruhi g'olibi sifatida B kvartetida ikkinchi o'rinni egallagan amerikalik Xikaru Nakamuraga qarshi bahs olib boradi. Yarim final 4 partiyadan iborat bo'lib, ochkolar teng kelib qolgan holatda hal qiluvchi armageddon-partiyaga murojaat qilinadi.
Ikkinchi yarim final juftligida amaldagi jahon toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsen turnirda FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona suradi. Ikkala 1/2 final uchrashuvi ham bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.
Malumot uchun, turnir g'olibi 150 ming AQSH dollarini qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rin egasi 85 ming, 3-o'rin sohibi 55 ming, 4-o'rin bilan kifoyalangan shaxmatchi 40 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Fikrlar