So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

13 mar 11:46
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov nufuzli turnir saralashida o'ynaydi

7-15 aprel kunlari Franciya poytaxti Parij shahrida fisher shaxmati bo'yicha “Freestyle Chess Grand Slam Tour” turnirining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada dunyoning 12 nafar kuchli shaxmatchilari ishtirok etadi. Hozirgacha 11 shaxmatchi malum bo'lib ulgurgan. So'nggi ishtirokchi bugun va ertaga nokaut tizimidagi musobaqada aniqlanadi. Unda 16 nafar xalqaro grossmeyster yagona yo'llanma uchun bahslarga kirishadi. 

Saralashning birinchi bosqichidan 4 nafar mahoratli grossmeyster - eronlik Muhammad Amin Tabatabai, vetnamlik Nguen Ngok, ozarbayjonlik Rauf Mamedov va hindistonlik Pranesh Muniretinam 9 imkoniyatdan 7,5 tadan ochko jamg'arib, hal qiluvchi saralash bosqichiga yo'l olishdi. 

Ikkinchi hal qiluvchi saralash bosqichida 16 nafar xalqaro grossmeyster yagona yo'llanma uchun kurashni davom ettiradi. Biz uchun ahamiyatlisi, ular orasida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bor. 

Qura natijasiga ko'ra, Nodirbek Abdusattorov 1/8 finalda birinchi saralash bosqichi g'olibi Pranesh Muniretinam (Hindiston) bilan hisob-kitob qiladi. Ushbu juftlik g'olibi 1/4 finalda Ding Liren (Xitoy) - Vidit Gujrati (Hindiston) uchrashuvi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov esa amerikalik Lener Domingesga qarshi dona suradi. Sindarov Dominges to'sig'idan o'tgan taqdirda Levon Aronyan (AQSH) - Amin Tabatabayi (Eron) uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi. Nodirbek va Javohir o'zaro 1/2 finalda uchrashishlari mumkin. 

Malumot uchun, “Freestyle Chess Grand Slam Tour Paris” turnirining mukofot jamg'armasi 660 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib shaxmatchi 200 000 dollarni qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rin sohibi 140 000, kuchli uchlikdan joy olgan shaxmatchi 100 000 dollarga ega bo'ladi. Qolgan 12 ishtirokchi ham egallagan o'rniga qarab mukofot pullari bilan taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing