28 dek 08:47
Yangiliklar
Bugun Nodirbek amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi dona suradi
Umumiy mukofot jamg'armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu nufuzli musobaqada yosh grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov o'z mahoratlarini namoyish etishyapti.
Etiborga molik jihati shundaki, 17 yoshli grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov 9-turdan so'ng 7 ochko jamg'argan holda qo'shimcha koeficentlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Nodirbekdan yarim ochko ko'p jamg'argan amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen chempionatda peshqadamlik qilyapti.
Bugun 10-turda Nodirbek Abdusattorov (2593) oq donalarda Magnus Karlsen (2842)ga qarshi bahs olib boradi. Kecha Nodirbek qora donalarda o'ynashiga qaramay, isroillik mashhur grossmeyter Boris Gelfandni mag'lubiyatga uchratdi. Karlsen esa oq donalarda polshalik Yan Dudadan ustun keldi.
To'qqizinchi turda Jahongir Vohidov oq donalarda hindistonlik Arjun Erigaysi bilan durang o'ynadi. SHamsiddin Vohidov qora donalarda polshalik Jimon Gumularzga, Javohir Sindarov rossiyalik Mixail Antipovga yutqazib qo'ydi.
Fikrlar