So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

07 fev 10:58
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Nodirbek va Javohir yulduzlar ishtirokidagi "Freestyle Chess Grand Slam"dagi yurishini boshlaydi

Bugun Germaniyaning Vayssenxaus shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir start oladi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatnashadigan musobaqada ikki shaxmatchimiz - Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham o'z mahoratini namoyish qiladi. Sindarov musobaqada qatnashishdan bosh tortgan hindistonlik afsona Vishvanatan Anandning o'rnini egallagan. Javohir saralash turniri finaliga qadar etib borib, Vladimir Fedoseevga 2:3 hisobida yutqazgandi. 

17 fevralga qadar davom etadigan turnir aylana tizimda o'tkaziladi va unda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida o'zaro bahs olib boradi. Kuchli sakkiztalikdan joy olgan shaxmatchilar pley-off bosqichiga yo'l oladi. 

Bu bosqichda har bir match ikki klassik partiyadan iborat bo'ladi. Agar ikki uchrashuv natijasiga ko'ra hisob teng bo'lib qolsa, g'olib tay-brekda aniqlanadi. Vaqt nazorati 90 daqiqa bo'lib, keyin har bir yurishga 30 soniyadan qo'shib boriladi. 

Turnir ishtirokchilari: Magnus Karlsen (Norvegiya, 2833), Fabiano Karuana (AQSH, 2803), Xikaru Nakamura (AQSH, 2802), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2777), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2766), Alireza Firuzdja (Franciya, 2760), Levon Aronyan (AQSH, 2745), Vinsent Kaymer ( Germaniya,2731), Vladimir Fedoseev (Sloveniya, 2724), Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2700).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing