So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

12 okt 11:48
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Qosimjonov amaldagi jahon chempioni - Magnus Karlsenga qarshi dona suradi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Angliyaning Men orolida dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari ishtirokida nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.

Musobaqada amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen, jahon vice-chempionlari Vishvanatan Anand (Hindiston), Fabion Karuana  (AQSH), Sergey Karyakin (Rossiya) kabi mashhur shaxmatchilar dona surishyapti. 

Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega. 

Etiborga molik jihati shundaki, bugun musobaqaning 3-turida Rustam Qosimjonov amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Ushbu bahsda Qosimjonov qora donalarda harakat qiladi. Har ikki jahon chempioni 2 imkoniyatdan 1,5 ochko jamg'arishgan. 

Nodirbek Abdusattorov esa bugun qora donalarda rossiyalik xalqaro grossmeyster Vladimir Fedoseevga qarshi bahs olib boradi. Turnirda 106-raqamda saralangan Nodirbek 2-turdan so'ng turnir jadvalida 1,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 16-o'rinni egallab turibdi. Oltinchi pog'onadagi rossiyalik grossmeyster Aleksey Saranada ham 1,5 ochko bor.

Malumot uchun, 22 oktyabr kuni yakuniga etadigan Grand Swiss turniri g'olibi 70 000, ikkinchi o'rin sohibi 50 000, uchinchi o'rin egasi esa 40 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ladi. Kuchli o'ttizlikka kira olgan shaxmatchiga esa 2000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing