So’nggi yangiliklar

12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0 08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0 08:03UFC 335 турнири битта жангини йўқотди 0 07:32ММАчиларимиз IMMAF жаҳон чемпионатида 8 та медаль қўлга киритишди 0 07:01"Барселона" Ферминнинг дубли эвазига Мадридда "Атлетико"ни мағлуб этди 0 23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0

28 dek 15:00
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun rapid bo'yicha yangi jahon chempioni aniqlanadi. SHaxmatchilarimizning bugungi ilk turdagi raqiblari malum

AQSHning Nyu-York shahrida shaxmat bo'yicha rapid va blic yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun rapid bahslarida jahon chempioni aniqlanadi va quvonarlisi, grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham chempionlik uchun davogar bo'lib turibdi. Har qanday holatda ham rapid va blic yo'nalishida yangi jahon chempioni aniqlanadi. Kiyimi sabab jahl ustida musobaqani tark etgan Magnus Karlsen har ikkala yo'nalishda amaldagi jahon chempioni edi. U o'tgan yili Samarqandda jahon chempionligini qo'lga kiritgandi. 

Bugun 10-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda o'zi singari 6,5 ochko to'plagan FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan rossiyalik Denis Lazavikka qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov ham oq donalarda o'ynaydi. Uning raqibi ancha nomdor shaxmatchi rossiyalik Yan Nepomnyashiy bo'ladi. Sindarov hali mag'lubiyatga uchramagan kamsonli ishtirokchilardan biri bo'lib turibdi. 

To'rt nafar qatnashchi 7 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Bugun ular bir-birlariga qarshi dona surishadi. Bu esa Top-10`talikda borayotgan qolgan shaxmatchilarga qo'shimcha imkoniyat taqdim etadi. 

SHaxmatchilarimizning 10-turdagi raqiblari

Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2655) - Yan Nepomnyashiy (FIDE, 2758)

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2740) - Denis Lazavik (FIDE, 2553)

Xayk Martirosyan (Armaniston, 2609) - Jahongir Vohidov (O'zbekiston, 2466)

Tigran Petrosyan (Armaniston, 2601) - Muhiddin Madaminov (O'zbekiston, 2456)

SHamsiddin Vohidov (O'zbekiston, 2540) - Gleb Dudin (Vengriya, 2436)


Bugun ayollar o'rtasidagi rapid bahslarida ham chempion va sovrindorlar aniqlanadi. Jahon chempionatida qatnashayotgan yagona ayol shaxmatchimiz Afruza Hamdamova (2188) 9-turda qora donalarda xitoylik grossmeyster Ju Jiner (2449)ga qarshi bahs olib boradi. Afruza 8 imkoniyatdan 5,5 ochko to'plab, qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 15, Ju esa 5 ochko bilan 20-o'rinni band etgan. 

Grossmeysterlar Ju Ven Jun (Xitoy, 2536), Harika Dronovalli (Hindiston, 2416) va Hampi Koneru (Hindiston, 2431) 6,5 tadan ochko jamg'arib, kuchli uchlikda borishyapti. Bugun 9-turda Ven Jun qora donalarda Koneru bilan hisob-kitob qiladi. AQSH sharafini himoya qilayotgan Gulruhbegim Tohirjonova (2307) 9-turda oq donalarda polshalik Liviya Yarokaga qarshi o'ynaydi. Gulruhbegim 4 ochko bilan 63-pog'onadan joy olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing