23 dek 11:35
Yangiliklar
Tennis

Bugun Sabina Anqaradagi turnir juftligida bosh mukofot uchun o'ynaydi
Turkiyaning Anqara shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
Bugun mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi juftliklar musobaqasida bosh mukofot uchun kortga chiqadi. Sabina rossiyalik Ekaterina Yashina bilan tandem xosil qilgan.
Ular bugungi hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik Anna Binkova hamda belaruslik Lidiya Marozova bilan hisob-kitob qilishadi. Kecha SHaripova va Yashina yarim final bahsida ukrainalik Alena Fomina va gruziyalik Ekaterina Gorgodzeni 6:3, 7:6(4) hisobida mag'lub etishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar