16 iyu 07:05
Yangiliklar
Tennis

Bugun Sabina Farg'onada chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
Farg'ona shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirning asosiy to'r ikkinchi davra uchrashuvlari o'tkazilyapti.
Bugun musobaqada ikkinchi raqam ostida tasniflangan Sabina SHaripova ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqadi. Hamyurtimizning raqibasi rossiyalik Anna Morgina bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, turnirning birinchi raketkasi bo'lgan tennischimiz Nigina Abduraimova kutilmaganda 2 soatu 14 daqiqa davom etgan ilk bosqich bahsida slovakiyalik Tereza Mixalikovaga 4:6, 6:0, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar