03 apr 10:45
Yangiliklar
Tennis

Bugun Saidalo Dohada asosiy to'r chiptasi uchun kortga chiqadi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir boshlandi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning saralash bahslarida ikki tennischimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgan edi. Ulardan biri Saidalo Saidkarimov bugun asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda kortga chiqadi.
Saidkarimov saralashdagi ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshladi. U bu davrada shveycariyalik Brayan Benchichni 3:6, 6:3, 7:6(4) hisobida mag'lub etdi. Bugun tennischimiz asosiy to'rga yo'llanma beruvchi bahsda shveycariyalik Endryu Ruppliga qarshi kortga chiqadi.Yana bir hamyurtimiz Sardor Po'latov esa saralashning ilk
davrasidayoq shveycariyalik Sebastyan Mentaga 6:7(3), 6:7(2) hisobida imkoniyatni
boy berib qo'ydi. Ikkala set ham tay-brekka qadar davom etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar