10 dek 11:23
Yangiliklar
Tennis

Bugun Saidalo Doxada italiyalik tennischi bilan uchrashadi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning saralash bahslari start oldi.
Xabar berganimizdek, “Qatar Fyuchers 5” nomli musobaqada o'zbekistonlik ikki tennischi ham ishtirok etadi. Ulardan Saidalo Saidkarimov bugun saralashning ikkinchi davrasida kortga chiqadi.
Hamyurtimizning
raqibi italiyalik Andrea Guerrieri bo'ladi. Jo'rabek Karimov esa bahslarni asosiy to'rdan
boshlaydi. Har ikki tennischimiz ham shu hafta aynan Dohadagi musobaqada ishtirok
etgandilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar