So’nggi yangiliklar

17:30Богдан Гусков Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубиятига муносабат билдирди 0 16:57UFC 332 турнирининг асосий жанги Шевченко иштирокида кечади 0 16:27Усик ўзининг камари учун кечган Итаума - Хргович жангига муносабат билдирди 0 15:52Ямаль кучли бешлик лигаларининг рекордини янгилади 0 15:23Самарқанд мезбонлик қиладиган FIDE Chess Olympiad 2026 стартига икки ҳафта қолди 0 14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0 11:13"Рекордим 14-0. UFC'га ўтиш вақти келди, шекилли" - Хотамбек Бойназаров 0 10:39Гэтжи Конор Макгрегор билан жанг қилиш эҳтимолини баҳолади 0 10:13Гусковнинг мураббийи кейинги рақиб ким деган саволга жавоб берди 0

04 sen 11:08
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Samarqandda 855 000 dollar mukofot puliga ega Grand Swiss 2025 turniri start oladi

Kecha nufuzli musobaqa oldidan matbuot anjumani hamda qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

“Grand Swiss 2025” musobaqasi shveycarcha tizimda 11 turdan iborat bo'ladi va 15 sentyabrga qadar davom etadi. Unda jahon shaxmat reytingida yuqori o'rinlarni egallab kelayotgan kuchli grossmeysterlar, shuningdek FIDE prezidenti tavsiyasi bilan taklif etilgan shaxmatchilar va xalqaro musobaqalar g'oliblari qatnashadi.

Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — dunyo reytingining TOP-100 taligiga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan to'rt nafar talabgorni (2 erkak va 2 ayol shaxmatchi) jahon shaxmat tojiga bo'ladigan “Talabgorlar turniri”ga saralab olishdan iborat.

Samarqandda bo'lib o'tadigan turnirda 160 nafarga yaqin etakchi shaxmatchi ishtirok etadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 855 000 AQSH dollarini tashkil etadi. 

Qura natijasiga ko'ra, bugun soat 15:00da boshlanadigan 1-tur uchrashuvida Nodirbek Abdusattorov (2748) oq donalarda cerbiyalik Velimir Ivich (2630)ga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov (2722) armanistonlik Aram Hakobyan (2625) bilan hisob-kitob qiladi. O'ziga xos o'zbek derbisida Ortiq Nig'matov va SHamsiddin Vohidov o'zaro to'qnash kelishadi. WOMENS, yani ayollar guruhida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova hindistonlik jiddiy raqib Rameshbabu Vayshaliga qarshi dona suradi.   


FIDE “Grand Swiss 2025” — 1-raund juftliklari (O'zbekiston vakillari) OPEN:

Nodirbek Abdusattorov — Velimir Ivich (Serbiya)

Javohir Sindarov — Aram Hakobyan (Armaniston)

Nodirbek Yakubboev — Mishra Abhimanyu (AQSH)

Muhiddin Madaminov — Daniil Yuffa (Ispaniya)

Jahongir Vohidov — Nikolas Teodorou (Greciya)

Abdimalik Abdisalimov — Maksim Rodshteyn (Isroil)

Ortiq Nig'matov — SHamsiddin Vohidov 

Muhammadzohid Suyarov — Frederik Svan (Germaniya)


Ayollar (WOMENS):

Gulruhbegim Tohirjonova — Rameshbabu Vayshali (Hindiston)

Guldona Karimova — Song Yuksin (Xitoy)

Afruza Hamdamova — Mariya Manko (SHveycariya)

Umida Omonova — Oliviya Kiolbasa (Polsha)

Madinabonu Xalilova — Antoaneta Stefanova (Bolgariya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing