So’nggi yangiliklar

16:37WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой пастлади, Холматов кўтарилди, яна бир боксчимиз рейтингга кирди 0 16:22Дзюдочиларимиз Dushanbe Grand Slam 2025 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:16PFL World Tournament 4 турнири жангчилари тарозидан ўтишди 0 15:55Саудия клуби Винисиус ва Анчелотти учун 800 млн евро ажратиб қўйди 0 15:34Mutua Madrid Open. Дунёнинг биринчи ракеткаси 1/2 финалда 0 15:13Рақамланган UFC 316 турнирининг расмий постери намойиш этилди (ФОТО) 0 14:52Шаҳрисабзда оммавий югуриш мусобақаси ўтказилди + ФОТО 0 14:31Аббосбек Файзуллаев ўзаро ўйинда Ўзбекистон Россияни мағлуб этадими деган саволга жавоб берди 0 14:10Сергей Фомин иштирокидаги баҳс 11 дақиқа давом этди 0 13:49Эрали Тошкентда тожикистонлик блогерга қарши жанг ўтказади + ПОСТЕР 1 13:28Рўзибоевга нокаут билан ютқазган Дюмани жангидан икки ҳафта ўтиб ҳибсга олишди 0 13:07Рафинья Мессининг рекордини янгилади 0 12:46Дейвисон Фигейреду ва Кори Сэндхаген якшанба тонгидаги жанг олдидан қандай спорт формасида? (ФОТО) 0 12:25Пара таэквондочиларимиз халқаро мусобақада эътироф этилди 0 12:04Белал Муҳаммад ўрта вазнга ўтишига ишора қилди. Чимаев бунга муносабат билдирди 0

11 avg 12:38
Yangiliklar

Futbol

Bugun SHackix jamoasi "Zenit" bilan o'ynaydi + PREVYU

Teglar :  RossiyaZenitSHackix
Bugun Rossiya premer-ligasida 1-tur o'yinlari yakuniga etadi.

7 avgust kuni mamlakat Superkubogida o'zaro to'qnash kelgan klublar dastlabki turni eng oxirgi bo'lib tugatishadi.

Rossiyaning amaldagi chempioni Piterning "Zenit" klubi 16 yildan so'ng premer-ligaga qaytgan Volgogradning "Rotor" klubi bilan to'qnash keladi. Ayni paytda "Rotor"da Aleksandr Xackevich bosh murabbiy sifatida ishlamoqda. Unga o'zbekistonlik Maksim SHackix yordam bermoqda.

Bugungi uchrashuvda "Zenit" yaqqol favorit ekanini barcha yaxshi tushunib turibdi. Rossiya birinchi ligasi pandemiya tufayli 15 mart kuni to'xtatilgan va mavsum 27-turda tugatilgandi. "Rotor" 4 oydan ko'proq muddat davomida rasmiy o'yinlarda ishtirok etgani yo'q. "Zenit" esa Rossiya chempioni bo'ldi, mamlakat kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

"Rotor" o'z vaqtida "Spartak"da o'ynagan Jano Ananidzeni o'z safiga qo'shib oldi. Ko'pchilik aynan Ananidzening o'yinlarini kutmoqda. O'zbekistonlik Vitaliy Denisov esa "Rotor"ni tark etdi.

"Zenit"ning eng mashhur transferi esa "Liverpul"dan Deyan Lovrenning olib kelgani bo'ldi. Jamoani Branislav Ivanovich, Igor Smolnikov, Oleg SHatov, Emanuel Mammana va Yordan Osorio tark etdi.

Ushbu jamoalar hozirga qadar 48 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Ustunlik "Rotor" tomonida: 19 ta g'alaba, 11 ta durang va 18 ta mag'lubiyat.

"Rotor" - "Zenit"
11 avgust. Volgograd. "Volgograd Arena" stadioni. 20:00.
Bosh hakam
- Aleksey Matyunin (Moskva).
Translyaciya - "Match-TV, Match-Premer".

TAXMINIY TARKIBLAR:
"Rotor": 4-5-1:
Nesterenko, Piskunov, Ionov, Bayryev, Stepanov, Sultonov, Makarov, Aleynik, Serchenkov, Kipiani, Mullin.
"Zenit": 4-4-2: Kerjakov, Karavaev, Lovren, Rakickiy, Duglas Santos, Malkom, Barrios, Ozdoev, Sutormin, Dzyuba, Azmun.
Yo'qotishlar: yo'q - Andrey Lunev (jarohat).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing