09 fev 09:09
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova Doha turnirida kortga chiqadi
Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turnirining saralash bahslari start oladi.
Dunyo tennis malikalari jam bo'lgan turnirda hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi saralash musobaqasidagi ilk davra uchrashuvini o'tkazadi.
SHaripova AQSH vakilasi Ebigeyl Spirsga qarshi kortga chiqadi. Sabina WTA reytingida 139-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro to'qnash kelishmagan. SHaripova - Spirs uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar