19 avg 08:45
Yangiliklar
Bugun shaxmat bo'yicha jahon Kubogida 1/2 final bahslari o'tkaziladi
Bugun erkaklar o'rtasidagi bahslarda 1/2 final uchrashuvlari boshlanadi. Ilk juftlikda musobaqa kashfiyotiga aylangan ozarbayjonlik Nijat Abasov sobiq jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Ilk partiyada Abasov qora donalarda o'ynaydi.
Malumot uchun, Nijat Abasov yarim finalga qadar Roduel Makoto (Zimbabve), Loran Fressine (Franciya), Anish Giri (Niderlandiya), Petr Svidler (FIDE), Salex Salem (BAA) hamda Santosh Vidit Gudjarati (Hindiston)ni mag'lubiyatga uchrata oldi.
Jahon Kubogi chempionlik toji uchun saralash vazifasini ham o'tab beryapti. Kuchli uchlikdan joy olgan grossmeysterlar davogarlar musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Bugun o'tkaziladigan ikkinchi 1/2 finalda amerikalik Fabiano Karuana hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi oq doralarda harakat qiladi.
Jahon Kubogi. Erkaklar. 1/2 final. Birinchi partiya
Magnus Karlsen (Norvegiya) – Nijat Abasov
Fabiano Karuana (AQSH) – Rameshbabu Praggnanandxa (Hindiston)
Fikrlar