24 okt 11:04
Yangiliklar
Futbol

Bugun SHomurodovning "Jenoa" jamoasi "Inter"ni qabul qiladi
Bugun Italiya A Seriyasi 5-tur doirasidagi "Jenoa" - "Inter" o'yini bo'lib o'tadi.
Eldor SHomurodovning "Inter"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlashi 50ga 50. Negaki Italiyaning yirik nashrlaridan biri football-italia.net hamyurtimizni taxminiy asosiy tarkibga kiritmagan, La Gazetta dello Sport esa aksincha o'zbekistonlik forvardning dastlabki daqiqalardan maydonda o'ynashini taxmin qilgan.
Mezbonlar o'tgan 3 o'yindan so'ng 1 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etishgan. Milanliklar hisobida esa 4 ta o'yindan so'ng 7 ochko (2 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat) bor.
Eslatib o'tamiz, "Jenoa" - "Inter" o'yini Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.
Havola :
Fikrlar