02 avg 15:16
Yangiliklar
SHaxmat
Bugun Sindarov Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 turniridagi ishtirokini boshlaydi
2-7 avgust kunlari AQSHning Sent-Luis shahrida mukofot jamg'armasi 200 000 dollarni tashkil etuvchi, jahonning ko'zga ko'ringan 10 nafar grossmeysteri ishtirokidagi Grand Chess Tour seriyasining navbatdagi bosqichi o'tkaziladi.
Ushbu nufuzli turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov ham dona suradi. U bugun 1-turda oq donalarda niderlandiyalik duranglar qiroli Anish Giriga qarshi bahs olib boradi. Partiyalar bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi.
Uchrashuvlar rapid va blic yo'nalishlarida tashkil etiladi. Rapidda vaqt nazorati 25+10, blicda esa 5+2 formatida bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilarning to'liq tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuano, Levon Aronyan, Uesli So, Lener Dominges, Avonder Liang (barchasi AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Anish Giri, Yorden van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston).

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar