23 apr 17:31
Yangiliklar
Bugun Sindarov va Abdusattorov Kibersport bo'yicha Jahon kubogidagi ishtirokini boshlaydi
Turnir kibersport bo'yicha 2026 yilgi Jahon kubogi (Esports World Cup) uchun saralash vazifasini bajaradi. Musobaqada dunyoning kuchli shaxmatchilari keyingi bosqichlarga yo'llanma va yirik mukofot jamg'armasi uchun kurash olib boradi.
Turnir formati: Bahslar 10+0 rapid formatida o'tkaziladi. Ishtirokchilar 16 kishilik double elimination (ikki imkoniyatli) tizimda o'ynaydi — yani, ikkita mag'lubiyatga uchragan ishtirokchi chempionlik uchun kurashni tark etadi.
SHuningdek, eng yaxshi uch nafar shaxmatchi Esports World Cup 2026 musobaqasiga yo'llanma oladi. Bugun 1/8 finalda Nodirbek Abdusattorov AQSH vakili Samuel Sevianga, Javohir Sindarov FIDE bayrog'i ostida o'ynaydigan rossiyalik Daniil Dubovga qarshi bahs olib boradi.
1/8 final bosqichiga yo'llanma olgan shaxmatchilar:
Magnus Karlsen (Norvegiya)
Yan-Krishtoff Duda (Polsha)
Maksim Vashe-Lagrav (Franciya)
Denis Lazovik (FIDE)
Samuel Sevian (AQSH)
Javohir Sindarov (O'ZBEKISTON)
Arjun Erigaisi (Hindiston)
Vinsent Keymer (Germaniya)
Nodirbek Abdusattorov (O'ZBEKISTON)
Yan Nepomnyashiy (FIDE)
Pranesh (Hindiston)
YU Yang Yi (Xitoy)
Daniil Dubov (FIDE)
Sina Movahed (Eron)
Nihal Sarin (Hindiston)
SHant Sargsyan (Armaniston)

Fikrlar