So’nggi yangiliklar

19:06Олимпиада чемпиони Гейбл Стивесон ММАдаги учинчи ғалабасини қўлга киритди (ВИДЕО) 0 18:45Octagon League'нинг кейинги турнири ҳам Тошкентда бўлади (ПОСТЕР) 0 18:24Қотиллик учун жазо ўтаган "Фламенго" собиқ сардори футболга қайтди 0 18:03Нассурдин Имамов уни террорчи деб атаган Стриклендга жавоб қайтарди 0 17:42Боксчиларимизнинг "Кичик Жаҳон чемпионати" — "Странжа" учун таркиби эълон қилинди 0 17:21Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича мусобақа ўтказилди 0 17:00"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди 0 16:39ATFC Лигасининг навбатдаги турнири Самарқандда ўтказилади (ПОСТЕР) 0 16:18Бектемир Мелиқўзиевнинг рақиби бўлажак жанг олдидан нималар деди? 0 15:57Оксана Чусовитина Жаҳон кубогининг финалига йўл олди 0 15:36Қишда Ўзбекистонга келган энг қиммат легионерлар 0 15:15Қишки Олимпиада-2026. Ўн олтинчи куннинг барча натижалари битта хабарда 0 14:54Кроуфорд режадагидан аввалроқ фаолиятини якунламоқчи бўлган экан 0 14:33Манба: Алекс Перейра ва Сирил Ган камар учун жанг қилади 0 14:12Puma АПЛ учун янги тўпини тақдим этди + ФОТО 0

05 may 20:33
Yangiliklar

Tennis

Bugun tennisdagi yangi yulduz - Karlos Alkaraz 19 yoshga to'ldi

Teglar :  Karlos Alkaraz
Bugun ispaniyalik tennischi Karlos Alkaraz o'zining 19 yoshini nishonlamoqda.

Alkaraz 2003 yilning 5 mayida Ispaniyaning El-Palmar shahrida tavallud topgan. Uning uchta akasi bor: Alvaro, Serxio va Xayme. U tennisdagi ilk qadamlarini to'rt yoshida otasining tennis maktabida qo'ygan. Alkaraz tennisdagi professional faoliyatini 2018 yilda boshlagan. 

Karlos o'z faoliyati davomida to'rtta ATR turniri g'olibi bo'lgan, shulardan uchtasini bu yil qo'lga kiritdi. Uning «Katta Dubulg'a» turnirlaridagi eng yaxshi natijasi 2021 yilgi US Open chorak finali bo'lgan. SHuningdek, ispaniyalik tennischi faoliyati davomida 4 338 906 dollar ishlab topishga ulgurdi. 


Uning uchun ATR reytingidagi eng yuqori o'rin shu yilning aprel oyida to'qqizinchi pog'onaga ko'tarilganida bo'ldi.

Sportchining yoshligidagi kumiri hamyurti Rafael Nadal edi. Karlos Alkarazga muxlis va mutaxassislar Nadalning izdoshi deya qaraydi. Bu bejiz emas. Sababi Karlos Nadal qayd etayotgan natijalarga birin-ketin erishmoqda. Ikki tennischining hatto muxlislik qiladigan futbol jamoasi ham bir - "Real Madrid".


Kecha "Santyago Bernabeu" da bo'lib o'tgan o'yinga Karlos ham Rafa ham tashrif buyurib, sevimli jamoasini stadiondan qo'llab-quvvatladi.

Bo'sh vaqtida Karlos golf va futbol o'ynashni yaxshi ko'radi. 

Bugun 19 yoshga qadam qo'ygan tennischidan bir maromdagi tennis muxlislarini xushnud etadigan ajoyib o'yinlar kutib qolamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing