04 noy 11:55
        Yangiliklar	
	
				Bugun to'rt nafar shaxmatchimiz Jahon kubogida dona suradi
Bugun musobaqa doirasida 1/64 final bellashuvlari o'tkaziladi.
Bungacha 1/128 final bosqichda SHamsiddin Vohidov g'alabaga erishgandi.
Uch nafar hamyurtimiz - Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubbaev bugun o'z ishtirokini 1/64 finaldan boshlaydi.
Grossmeysterlarimizning 1/64 final bosqichidagi raqiblari bilan tanishing:
Nodirbek Abdusattorov - Denis Maxnev (Qozog'iston)
Javohir Sindarov - Nikita Petrov (CHernogoriya)
Nodirbek Yakubboev - Niklas Xashimbent (Germaniya)
SHamsiddin Vohidov - Maksim CHigaev (Ispaniya)
O'yinlar klassik shaxmat yo'nalishida va ikkita partiyadan iborat bo'ladi. Bugun dastlabki partiya o'tkazilsa, ikkinchi partiya ertaga tashkil etiladi. Ikkita o'yin yakuniga ko'ra ko'p ochko to'plagan shaxmatchi keyingi bosqichga yo'l oladi. Agar kuchlar teng kelib qolsa, shaxmatchilar o'rtasida tay-brek tashkil etiladi.
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 15:00da start oladi.
			
Fikrlar