04 okt 07:05
Yangiliklar
Futbol

Bugun Toshkentda futbol hakamlari uchun FIFA seminari boshlanadi
Bugun Toshkentda futbol hakamlari uchun FIFA o'quv-kurslari boshlanadi.
O'quv-seminar kurslarining ochilish marosimi soat 9:00da, “Ramada” mehmonxonasida bo'lib o'tadi. SHundan so'ng nazariy va amaliy mashg'ulotlar boshlanadi.
O'quv mashg'ulotlari FIFA instruktorlari Ali Al Trayfi (Saudiya Arabistoni) hamda Holidiy Sufiyon (Malayziya) tomonidan olib boriladi.
5 kun davom etadigan ushbu o'quv kurslarida hakamlarning jismoniy holati, o'yin davomida yuzaga keladigan turli, bahsli vaziyatlar muhokamalari bo'lib o'tadi.
Xususan, o'yindan tashqari holat, jarima maydoni ichidagi qoida buzilishlari, to'qnashuvlardan so'ng qabul qilinadigan qarorlar, to'pni qo'l bilan o'ynash kabi holatlar bo'yicha maxsus seminarlar o'tilib, jamoaviy muhokamalar o'tkaziladi.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar