So’nggi yangiliklar

17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0

21 noy 11:31
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Toshkentda shaxmat bo'yicha Prezident Kubogi turniri boshlanadi

Bugundan poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi yana bir nufuzli xalqaro musobaqaga mezbonlik qila boshladi.

To'qqiz kun davomida dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun o'zaro bahs olib borishadi. Ishtirokchilar FIDE reytingidagi o'rinlariga qarab A va V guruhlarida dona surishadi.  

Yurtimiz sharafini A guruhi bahslarida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov, Nodirbek Yakubboev singari taniqli grossmeysterlarimiz hamda istedodli yosh shaxmatchilarimiz himoya qiladi. Abdusattorov xalqaro turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi sifatida saralangan. Eronlik Parham Maqsudlu ikkinchi, uning hamyurti Amin Tabatabayi uchinchi raqam ostida tasniflangan.   

Barcha to'qqiz uchrashuvini birinchi taxtada o'tkazadigan Nodirbek Abdusattorov (2777) bugun soat 14:00da start oladigan 1-tur bahsida qora donalarda hindistonlik Sambit Panda (2380) bilan hisob kitob qiladi.  Javohir Sindarov (2682) FIDE bayrog'i ostida harakat qiladigan Ekaterina Golceva, SHamsiddin Vohidov (2681) esa hindistonlik Etan Vaz (2370)ga qarshi dona suradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing