So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

06 iyu 13:11
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Toshkentda shaxmat yulduzlari ishtirokida superturnir boshlanadi FOTO + JUFTLIKLAR

Avval xabar berganimizdek, 6-15 iyun kunlari dunyoning eng kuchli shaxmatchilari Toshkentda jam bo'ladi.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi "Uzchess Cup" turniri Samarqand mezbonlik qilgan jahon chempionatini inobatga olmaganda, yurtimizda o'tkazilayotgan eng katta masshtabdagi musobaqa hisoblanadi. 

Turnir 3 guruhda o'tkaziladi:

"Masters" guruhida reytingi 2700 va undan yuqori shaxmatchilar;

"Challengers" guruhida reytingi 2600 va undan yuqori shaxmatchilar;

"Futures" guruhida reytingi 2500 va undan yuqori shaxmatchilar ishtirok etishadi.

Kecha "Uzchess Cup" turniriga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Dunyoning nomdor grossmeysterlari jam bo'lgan "Masters" guruhida hamyurtlarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. SHuningdek, ushbu kuchlilar guruhidan Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston), Parham Maqsudlu (Eron) SHahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon), Aleksandr Grishuk (FIDE), YU Yang Yi (Xitoy), Richard Rapport (Ruminiya) va Aleksey Sarana (Seriya) joy olgan.

Qura natijasiga ko'ra, "Masters" guruhining 1-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Parham Maqsudluga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev qora donalarada mos ravishda YU Yang Yi hamda Richchard Rapport bilan hisob-kitob qiladi. 

"Challengers" guruhida shaxmatchilarimizdan Jahongir va SHamsiddin Vohidovlarga muxlislik qilamiz. Jahongir 1-turda oq donalarda turkiyalik Mustafa Yilmazga, SHamsiddin esa qora donalarda germaniyalik Aleksandr Donchenkoga qarshi bahs olib boradi.  

"Futures" guruhida o'zbekistonlik shaxmatchilar Muhammadzoxid Suyarov, Muhiddin Madaminov va Humoyun Begmuratov nomdor raqiblariga qarshi dona surishadi. Qura natijasiga ko'ra, 1-turda Suyarov - Madaminov qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Humoyun esa qora donalarda ukrainalik Vitaliy Bernardski bilan to'qnash keladi.  

Vaqt nazorati: Klassik. Har bir o'yin boshida o'yinchilarga 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, 41-yurishdan o'yin oxirigacha esa qo'shimcha 30 daqiqa beriladi va har bir yurish uchun 30 soniya vaqt qo'shib boriladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing