19 jan 09:17
Yangiliklar
Bugun Tunis Gran-Prisi boshlanadi, dzyudochilarimizning ilk raqiblari
Poytaxt Tunis shahridagi El Menzah Sports Hall arenasi Gran-Pri turkumiga kiruvchi ushbu turnirga mezbonlik qiladi. Tunis Gran-Prisida dunyoning 50ga yaqin davlatidan 430 nafar dzyudochi jami 14ta vazn (7 nafardan erkaklar va ayollar) toifasida tatamiga chiqadi.
Tabiiyki, ular orasida o'zbekistonlik dzyudochilar ham bor. Bugun -66 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHahram Ahadov slovakiyalik Andraz Jerebga qarshi tatamiga chiqadi. -73 kg vazndagi Mirzohid Farmonov esa Bosniya va Gercegoviniya sportchisi Sedrich Bessi bilan to'qnash keladi.
20 yoshli Davlat Bobonov (-81 kg) ilk davrada tunislik
Abdulaziz Ben Ammarga qarshi bahs olib boradi. SHermuhammad Jandreev (-90 kg) britaniyalik
Freyzer CHemberleyn, Ixtiyor Xolmurodov (+100 kg) esa qozog'istonlik Sanjar
Jabborov bilan bellashadi.
Qizlarimizdan esa Gulnur Muratbaeva va Diyora Keldiyorova medallar yo'lida bahslarga kirishishadi. Har ikki sportchi qizimiz ham -48 kg vazn toifasida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Diyora tunislik Olfa Saoudiga, Gulnur esa tunislik CHayma Halfaouiga qarshi tatamiga chiqadi.
Fikrlar