26 may 15:13
Yangiliklar
Tennis
Bugun ukrainalik tennis malikalari jam bo'lgan turnir start oladi
Bugun Ukrainada ushbu mamlakatning ko'zga ko'ringan tennis malikalari ishtirokida ko'rgazmali turnir boshlanadi.
UTF Ladies Invitational turniri Ukraina tennis federaciyasi markazi kortlari mezbonlik qilayotgan turnir muxlislarsiz o'tkazilyapti. Besh kun davom etayotgan musobaqa WTA Yakuniy turniri formatida tashkil etilmoqda.
Jami sakkiz nafar ukrainalik tennis malikalari besh kun davomida bosh sovrin uchun ikki guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishishdi. Lesya Curenko va Marta Kostyuk ana shu ikki guruhni etakchilar sifatida boshqarishyapti.
Curenko bilan bir guruhdan Lyudmila Kichenok, Darya Lopateckaya va Viktoriya Petrenko, Kostyukning kvartetdan Nadejda Kichenok, Marianna Zakarlyuk hamda Mariya Bergen joy olgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar