03 may 18:32
Yangiliklar
Marta Kostyuk Madrid WTA 1000 turniri chempioni!
U hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning sakkizinchi raketkasi, rossiyalik 19 yoshli Mirra Andreevani 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Marta Mirradan ustun keldi - 2:0.
Sakson ikki daqiqa davom etgan bahsda Kostyuk 4, Andreeva 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Marta g'alabali seriyasi 12 ta uchrashuvga etdi. U bu yil hali grunt mavsumida mag'lubiyatga uchragani yo'q. Bu uning faoliyatidagi uchinchi titul bo'ldi. Ilk bor WTA 1000 toifasidagi turnir bosh sovringa ega chiqdi.
Mutua Madrid Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kostyukka 1 007 165 evro mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosi keltirdi. Andreeva esa 535 585 € hamda 650 ochko ishlab oldi.

Fikrlar