13 apr 13:08
Yangiliklar
Mirra Andreeva mavsumdagi ikkinchi WTA 500 turniri bosh sovriniga ega chiqdi
Dunyoning o'ninchi raketkasi bo'lib turgan Mirra Andreeva hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 97-pog'onada borayotgan avstriyalik Anastasiya Potapovaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 57 daqiqa davom etgan rus tennischilari bahsida Andreeva uch set natijasiga ko'ra zafar quchdi - 1/6, 6/4, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi bo'ldi. Mirra vatandoshlar bahsida oldinda bormoqda - 3:1. Asli rossiyalik bo'lgan Potapova yaqinda Avstriya sport fuqaroligini qabul qilgandi. Andreeva final uchrashuvida 4, Potapova 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennis malikasi ham 5 tadan breykdan foydalandi.
SHu tariqa, Mirra Andreeva faoliyatidagi beshinchi, mavsumdagi ikkinchi sovrinini qo'lga kiritdi. Lincdagi bir haftalik mehnat unga 500 reyting ochkosi hamda 161 310 evro mukofot pulini keltirdi. Potapova esa 325 ochko hamda 99 565 € ishlab oldi.

Fikrlar