17 jan 11:15
Yangiliklar
18 yoshli Andreeva faoliyatidagi to'rtinchi WTA sovrinini qo'lga kiritdi
Musobaqa bosh sovrini 18 yoshli Mirra Andreevaga nasib etdi. Dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lib turgan rossiyalik iqtidor egasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 17-pog'onadan joy olgan kanadalik Viktoriya Mbokoni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/1.
Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi roppa-rosa 1 soat davom etdi. Bu vaqt oralig'ida Andreeva 1, Mboko 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar kanadalikda ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Breyklar bo'yicha esa tabiiyki, Mirra ustunlik qildi - 5 ga 1.
Bu Mirra Andreevaning faoliyatidagi to'rtinchi WTA sovrini bo'ldi. WTA 500 toifasidagi turnirlarda esa ilk bor chempionga aylandi. U ertaga elon qilinadigan yangi reytingda 7-o'ringa ko'tariladi. Adelaidadagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 500 ochko hamda 185 500 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Mboko esa 325 ochko va 114 500 $ ishlab oldi.

Fikrlar