23 mar 09:49
Yangiliklar
Tennis
Ribakina Mayami turniridagi yurishini davom ettirmoqda
Dunyoning ikkinchi raketkasi Elena Ribakina Mayami shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Qozog'istonlik tennis malikasi uchinchi bosqichda WTA reytingida 28-o'rinni egallab turgan ukrainalik Marta Kostyukni mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4. Elena tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni o'z foydasiga yiriklashtirdi - 5:2.
Sakson uch daqiqa davom etgan bahsda Ribakina 1, Kostyuk 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Martada ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Breyklar bo'yicha esa Elena ustunlik qildi - 2 ga 0. Endi u Taliya Gibsonga qarshi kortga chiqadi. Avstraliyalik tennischi o'z o'rnida amerikalik Iva Yovichni 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etdi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar