So’nggi yangiliklar

20:03Хитойда Мбаппе билан боғлиқ можаро сабабли Ла Лига ўйинлари трансляция қилинмайди 0 19:29Пëтр Ян UFC`нинг энг яхши уч жангчиси қаторига кирди 0 18:43RIZIN чемпиони Ражабали Шайдуллаев Волкановски билан жанг қилиш ниятида 0 18:11Хамзат Чимаев Шон Стриклендни исталган вазнда жангга чорламоқда 0 17:33"Ливерпуль" МЮнинг трансфер мақсадини илиб кетиши мумкин 0 16:46Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0 13:15Бугун оғир атлетикачиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки бошланади 0 12:33Янгиланган UFC рейтингида Богдан Гусков кўтарилди 0 11:48Ямалнинг отаси аэропортда официант қизнинг юзига тупуриб, эркак кишига стул отди 1 11:03Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини муваффақиятли бошлади 0 10:22Toray Pan Pacific Open Tennis. Раҳимова дунёнинг 33-ракеткасини мағлуб этди 0

13 sen 11:41
Yangiliklar

Tennis

US Open 2026. Ayollar o'rtasida musobaqa chempioni aniqlandi. G'oliba dahshatli summaga ega chiqdi

Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 108 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi US Open 2026 turnirining ayollar o'rtasidagi musobaqasi yakuniga etdi.

Yakkalik bahslarining hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi va shu bilan birga amaldagi chempioni bo'lib kelgan belaruslik Arina Sobolenko WTA reytingida ikkinchi pog'onadan joy olgan qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqdi. 

Ikki soatu 22 daqiqa davom etgan uchrashuvda Ribakina raqibasini 6/4, 5/7, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, US Open-2026 chempioniga aylandi. Elena tennis malikalarining o'zaro uchrashuvlari hisobini biroz qisqartirishga muvaffaq bo'ldi - 8:10. Yana ikkita g'alabadan keyin qozog'istonlik tennischi muvozanatni tiklab qo'yadi. Bu yilgi mavsumda u ikkinchi marotaba Sobolenkoni taslim etdi.  

Sobolenko final bahsi davomida 6, Ribakina 11 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Elenada bittaga ko'proq bo'ldi - 4 ga 3. Breyklar bo'yicha esa tabiiyki, yon qo'shnimiz 3 ga 1 ko'rinishida ustunlikka erishdi.

SHu tariqa, Elena Ribakina faoliyatidagi uchinchi "Katta Dubulg'a" turniri chempionligini qo'lga kiritdi. U yangilangan WTA reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oladi. Belaruslik tennischining deyarli 100 haftalik peshqadamligiga barham berildi. 

Elena ikki haftalik mehnatidan 2000 reyting ochkosi hamda 5,5 mln AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritdi. CHempionlik bilan birga dunyoning birinchi raketkasi maqomini ham boy bergan Arina Sobolenko esa 2,8 mln dollar hamda 1300 reyting ochkosiga ega chiqdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing