So’nggi yangiliklar

14:04Мэтт Браун: "UFC Махачевга зарба бермоқчи" 0 13:27ОФК “Нефтчи” футболчисини икки ўйинга четлатди ва жаримага тортди 0 12:41Abu Dhabi Grand Slam 2026 бошланмоқда. Бугун Диёра ва яна тўрт дзюдочимиз баҳсларга киришади 0 12:08Фёдор Емельяненко: "Худога шукур, умримда бирор марта ҳам кўчада уришмадим. Можаролар оғзаки ҳал қилинган" 0 11:30"Президент Олимпиадаси"нинг илк куни 10 та вазн тоифасида ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:59А Серия. "Ювентус" ютқазди, "Наполи" меҳмонда 4 та гол урди 0 10:17Бектемир яна кутадиган бўлди. Мунгия расман рус боксчисига қарши жанг ўтказади 0 09:30Бибисара қўнғироқ чалиб бошлаб берган Clutch Chess турнирининг иккинчи куни Жавоҳир қандай натижа қайд этди? 0 08:58Халқаро дзюдо куни муносабати билан байрам тадбири ўтказилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:23Англия лига Кубоги. "Манестер Сити" "Брайтон"ни енгди, Ҳусанов захирадан майдонга тушди 0 07:46Тошкентда яна катта спорт байрами: Ислам Махачев ва Федор Емельяненко келадиган Жаҳон чемпионатига оз қолмоқда! 0 07:02Ян ва Двалишвилининг трилогия учун гонорари айтилганидан бироз кўпроқ бўлиб чиқди 0 23:13Волкановски ва Мовсар Евлоевнинг гонорарлари маълум 0 22:38UFC 337 турнирининг асосий жанги айтилди 0 21:46Карлос Пратес: "Махачевнинг меросига чек қўяман" 0

14 sen 11:09
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi yangilandi. Rahimova yana O'zbekistonning birinchi raketkasi, qozog'istonlik tennischi esa dunyoning!

Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning yangi haftalik reytingini elon qildi.

Ikki haftalik AQSH Ochiq chempionati natijalari asosida yangilangan reytingda O'zbekistonning birinchi raketkasi yana o'zgardi. Qisqa muddat birinchi raqamli tennis malikamiz bo'lgan Mariya Timofeeva o'z o'rnini Kamilla Rahimovaga bo'shatib berdi. Har ikki tennischimiz US Open 2026 turnirining asosiy to'rida nisbatan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Mariya ikkinchi, Kamilla esa uchinchi davraga qadar etib bordi. Rahimova 16 pog'onaga yuqorilab, 76-o'ringa joylashdi. Timofeeva esa bir pog'onaga pastlab, 87-o'rinni egallab turibdi.     

O'zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova 6 pog'onaga pastlab, Top-100`talikdan chiqib ketdi. Hamyurtimiz AQSH Ochiq chempionati saralash bosqichining 1/4 finalida chexiyalik Linda Fruxvirtovaga 1/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. To'rtinchi raketkamiz Layma Vladson 12 pog'onaga ko'tarilib, 570-o'ringa joylashdi. 

Tennischilarimiz orasida eng katta ko'tarilishga Darya SHubina erishdi. U 59 o'ringa yuqorilab, hozirda 1467-o'rinni egallab turibdi. Sevil Yuldasheva bir pog'ona yuqoriladi. Qolgan ikki tennis malikamiz esa reytingda pastladi. Milana Maslenkova 81, Vlada Yakshibarova 43 pog'ona quyiga sho'ng'idi. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta ahamiyatga molik o'zgarishlar kuzatildi. US Open 2026 finalida musobaqaning amaldagi chempioni Arina Sobolenkoni mag'lubiyatga uchratgan qozog'istonlik Elena Ribakina dunyoning birinchi raketkasiga aylanib oldi. Belaruslik tennischi chempionlik va karvonboshilikni topshirdi va ikkinchi o'ringa tushdi. Ukrainalik Marta Kostyuk Top-10`ga qaytdi. Karolina Muxova va Iga Svyontek o'zaro o'rin almashib olishdi. 


WTA reytingi. 14 centyabr kungi holat:

1 (2). Elena Ribakina (Qozog'iston) — 9901 ochko

2 (1). Arina Sobolenko (Belarus) — 7875

3 (3). Jessika Pegula (AQSH) — 7265

4 (4). Kori Gauff (AQSH) — 7244

5 (5). Mirra Andreeva (Rossiya) — 5743

6 (6). Linda Noskova (CHexiya) — 5328

7 (9). Elina Svitolina (Ukraina) — 4809

8 (7). Karolina Muxova (CHexiya) — 4683

9 (8). Iga Svyontek (Polsha) — 4619

10 (11). Marta Kostyuk (Ukraina) — 3980…


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

76 (92). Kamilla Rahimova – 912

87 (86). Mariya Timofeeva – 873

103 (97). Polina Kudermetova – 728

570 (558). Layma Vladson – 84

964 (965). Sevil Yuldasheva – 26

1238 (1157). Milana Maslenkova – 10 

1460 (1417). Vlada Yakshibarova – 4 

1467 (1526). Darya SHubina – 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing