05 dek 08:51
Yangiliklar
Tennis

Bugun Xabibulina ham Solapur turniri yakkaligida kortga chiqadi
Hindistonning Solapur shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'rt bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda tajribali tennischimiz Albina Xabibulina ham ishtirok etyapti. Hamyurtimiz bugun yakkalikdagi ishtirokini boshlaydi.
Qura natijasiga ko'ra tennischimiz ilk davrada turnirning
uchinchi raketkasi, Bosniya va Gercegoviniya vakilasi Dea Xerdzelasga qarshi kortga
chiqadi. Kecha Albina qozog'istonlik dugonasi bilan juftliklar bahsida chorak finalga chiqqan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar