So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

10 fev 17:26
Yangiliklar

Boshqalar

Bunaqasi bo'lmagan! O'zbekistonlik avtopoygachi xalqaro musobaqada sovrindor bo'ldi

Avtopoyga bo'yicha o'tkazilgan “FIA Cross Country World Cup-2021” xalqaro musobaqasida o'zbekistonlik poygachi tarixda birinchi marta shohsupaga ko'tarildi

Yaqinda Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburgda shahrida bo'lib o'tgan xalqaro turnirda o'zbekistonlik poygachi Anvar Ergashev ham ishtirok etdi va aytish kerak, hamyurtimiz unda munosib qatnashdi.

15 daraja sovuqda o'tkazilgan va uch kun davom etgan poyga yakunlariga ko'ra Anvar Ergashev sherigi Andrey Rudnickiy bilan birgalikda «T3» toifasida faxrli 3-o'rinni egalladi. Bu o'zbekistonlik sportchining Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA) shafeligida ralli-reyd yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan jahon kubogi doirasidagi musobaqalarda erishgan dastlabki yutug'idir.

2019 yilning dekabrida mamlakatimiz avtomobil sporti tarixida olamshumul voqea sodir bo'ldi. SHu yili 6 dekabrda Franciyaning Parij shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro avtomobil federaciyasi Bosh assambleyasida mamlakatimiz “O'zbekiston milliy avtomobil klubi” nodavlat notijorat jamoat birlashmasi timsolida FIA azoligiga qabul qilindi. Bu esa xalqaro licenziyaga ega o'zbekistonlik sportchilarga FIA shafeligi ostida o'tadigan rasmiy musobaqalarda ishtirok etish imkonini taqdim etdi.

Malumot uchun: Xalqaro avtomobil federaciyasiga dunyodagi 146 mamlakatdan 245ta sport klublari, associaciya, motorli sport federaciyalari azo sanalishadi. Endilikda FIA oilasi tarkibida 80 million kishi o'zaro muloqot qilish va fikr almashish imkoniyatiga ega bo'ldi. “O'zbekiston milliy avtomobil klubi” nodavlat notijorat jamoat birlashmasining bosh maqsadi – yurtimizda avtomobil sportini ichki va xalqaro miqyosda rivojlantirish, keng ommalashtirish va faol targ'ib qilish, shuningdek xalqaro yo'l harakati xavfsizligini taminlashdan iborat.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing