10 iyu 08:49
Yangiliklar
Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi: Ikki o'zbek "Turkish Open" finalida dayanga chiqdi, umumiy hisobda ikkita oltin, bittadan kumush va bronza qo'lga kiritildi!
Xabar berilganidek, unda O'zbekiston terma jamoasining 8 nafar sportchisi ishtirok etdi. Quvonarlisi, musobaqaning so'nggi kuni hamyurtlarimiz uchun medallarga boy o'tdi.
-87 kg vaznda birinchi raqamda tasniflangan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalga ega chiqdi. SHuningdek, bugungi kun doirasida yana bir tarixiy voqea sodir bo'ldi, yani "Turkish Open" musobaqasi finalida ikki o'zbek sportchisi to'qnash keldi. -74 kg vazn toifasidagi hamyurtlarimiz Najmiddin Qosimxo'jaev va Jasur Jaysunov finalga qadar etib keldi va yakunda Jaysunov oltin, Qosimxo'jaev esa kumush medalga ega chiqdi.
Bundan tashqari, -54 kg vazndagi Omonjon Otajonov musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi.
-87 kg: 1. Nikita Rafalovich
-74 kg: 1. Jasur Jaysunov
2. Najmiddin Qosimxo'jaev
54 kg: 3. Omonjon Otajonov.
Qayd etish joiz, ushbu natija orqali taekvondochilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi reyting ochkolarini ko'paytirib oldi.
Fikrlar