21 noy 13:39
Yangiliklar
Futbol
"Bunday futbolchilar bilan shunday o'yin ko'rsatishning o'zi sharmandalik"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager APLning 12-turi doirasida "Uotford"ga qarshi o'yindan keyin "Manchester Yunayted"ni tanqid qildi.
"Bosh murabbiy bo'lib ishlamaganman, ammo bunday sifatli tarkib, shunday futbolchilar bilan "Uotford"ga 1:4 hisobida mag'lub bo'lmaslik kerak. SHunchaki hech qachon!
Murabbiyning qanday rejani tuzishi, uni kiyim almashtirish xonasidagi hurmati hech qanday ahamiyat kasb o'tmaydi. Bunday futbolchilar bilan shunday natijaning o'zi sharmandalik. Dunyoning eng qimmatbaho tarkiblaridan biri, dunyoning eng ko'p maosh to'laydigan klublaridan biri.
"Uotford"ning mavsumdagi o'yinlarini ko'rdim, ular unchalik kuchli emasdi. Biroq 1:4 - uyatli, sharmandali hisob. Murabbiy tezroq jamoani tark etsa, bu mavzu yopilib ketadi, futbolchilarning o'yini ochiladi", - dedi Karrager.
Havola :
Fikrlar