20 jan 10:02
Yangiliklar
Futbol
Bundesliga. “Borussiya” Berlinda durangga erishdi
Germaniya Bundesliganing 19-turida Dortmundning “Borussiya” klubi Berlindagi “Olimpiashtadion”da “Gerta” klubi mehmoni bo'lib, durangga erishdi.
Uchrashuvning 46-daqiqasida Deyvi Zelke aniq zarbasi bilan mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 71-daqiqada Sindzi Kagava uchrashuvda muvozanatni tikladi.
Ushbu natijadan keyin “Borussiya” ochkolari sonini 30 taga etkazib, turnir jadvalining uchinchi pog'onasini band etgan bo'lsa, “Gerta” 25 ochko bilan 11-o'rindan joy olgan.
Havola :
Fikrlar